AsosiyDunyo

Kabobning sog`liq uchun zararli ekanligi ma`lum bo`ldi

'Kabobning sog`liq uchun zararli ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Amerikaning Texas universiteti olimlarining aytishicha, ko`plab mamlakatlarda sevimli taom bo`lgan kabob aslida sog`liq uchun zararli ekan, deya xabar bermoqda Dni24.com nashri.

O`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra, kabob ko`plab onkologik, xususan, saraton kasalliklarini keltirib chiqararkan.

Mutaxassislarning aytishicha, gulxan cho`g`ida pishiriladigan ushbu taom nafaqat qiyin hazm bo`ladi, balki, astma, pnevmoniya va boshqa ko`plab kasalliklarni qo`zg`aydi.

Kabob pishirilayotganda go`shtga ko`plab zarali moddalar singib qolarkan. Bu esa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar