Leonardo da Vinchining siri ochildi, deya xabar berdi Phys.org nashri.
Florensiya (Italiya)dagi Uffisi muzeyi tadqiqotchilari dunyoga dong`i ketgan Leonardo da Vinchi ambidekstr bo`lganini, ya`ni ikkala qo`lida ham bir xilda yoza olganini isbotlashdi.
Olimlar musavvirning 1473 yilga oid ilk kartinalaridan bo`lmish “Arno peyzaji”ni tahlil etishdi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, da Vinchi suratning old tarafiga o`ng qo`li bilan, orqa tarafiga chap qo`li bilan yozuvlar bitgan ekan.






