Amerikada chaqaloqning tili qisqartirildi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Oklaxoma shtatida Rotlar oilasida dunyoga kelgan Beyker Rot (Baker Roth)da Bekvit sindromi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, chaqaloqning tili odatdagidan ikki barobar uzun edi. Bu esa chaqaloqning oziqlanishiga, nafas olishiga xalal beraverdi.
Shundan so`ng vrachlar darhol Beykerning tilini ikki barobarga qisqartirishdi. Hozirda go`dak bir yosh-u, etti oylik bshlgan. U endilikda normal holatda ovqatlanish, suv ichish va gapirishga ko`nikmoqda.






