“Eng shimoliy afrikalik” Yoqutistondagi hayoti haqida so`zlab berdi, deya ma`lum qildi Layf.ru nashri.
Mark Babatunde Rossiyaning eng sovuq o`lkasiga to`rt yil avval kelgan edi. Uni bu erga sevgi olib kelgan ekan.
Babatunde Pokrovsk qishlog`ida rafiqasi va bolalari bilan umrguzaronlik qiladi. U rossiyalik qizni sevib qolgani uchun sovuq o`lkaga kelgan.
Mark qishloq maktabida o`qituvchi bo`lib ishlaydi — bolalarga ingliz va xitoy tilidan dars beradi, o`zi esa rus va yoqut tilini o`rganadi.
Babatundening aytishicha, mahalliy sovuqqa ham ko`nikib qolgan — piyma etiklar bunda qo`l keladi. Milliy taomlardan esa nigeriyalikka faqat baliqli taomlar yoqar ekan.