Amerikaning Florida shtatida boshqalarning ovqati uchun pul to`lagan odamning qotili deb ayblanayotgan erkak hibsga olindi, deb xabar berdi USA Today nashri.
Geynsvill shahridagi restoranlardan birida 41 yoshli Kreyg Bryuger (Craig Brewer) bir qancha mijozlarning tushligi uchun to`lovni amalga oshirib, ularga 20 dollarli banknotlarni tarqatadi. Buni 25 yoshli Iezekiil Xiks (Ezekiel Hicks) kuzatib turgan edi. U egan ovqatiga Kreyg haq to`lamaganiga jahli chiqadi.
Xiks biroz vaqtdan so`ng tashqariga chiqib ketadi va qo`lida to`pponcha bilan qaytib keladi-da, saxiy restoran mijozini otib tashlaydi.
Hozirda Iezekiil Xiks hibsga olingan.






