AsosiyJamiyat

Sayyor qabul: murojaatlar echimi birgalikda izlandi

'Sayyor qabul: murojaatlar echimi birgalikda izlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o`rinbosari A.Usmonov Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida sayyor qabul o`tkazib, aholi bilan uchrashdi.

Unda tegishli vazirlik mutasaddilari, Surxondaryo viloyat va Termiz shahar hokimligi, tashkilot, korxonalar hamda ta`lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan qabulda 243 nafar fuqaroning 270 ga yaqin murojaati tinglanib, ularga ijobiy echim topish bo`yicha tegishli vazirlik, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog`liqni saqlash kabi masalalarga oid bo`lib, ko`pchiligi joyida echimini topdi.

Masalan, Termiz shahridagi Navro`z mahallasida yashovchi Mayram Jumaeva moddiy imkoniyati etmayotgani sababli ko`p yillardan buyon sog`ligini tiklay olmayotgani va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan birida jarrohlik amaliyotini o`tkazishga ehtiyoj sezayotganini ma`lum qildi. Bu masala Termiz shahar hokimligi tomonidan joyida hal etildi. Fuqaroning davolanishi uchun 5 000 000 so`m mablag` ajratildi.

To`proqqo`rg`on mahallasida yashaydigan Zuhra Raimova ishga joylashish masalasida yordam so`rab, murojaat etdi. Bu masala ham joyida hal etilib, fuqaro Surxondaryo viloyat “Elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga ishga qabul qilindi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari va qadr-qimmati ulug`lanayotgan hozirgi paytda kam ta`minlangan, ko`makka muhtoj va boquvchisini yo`qotgan, chin etimlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada ular duch kelayotgan moddiy-ma`naviy muammolarni o`z vaqtida hal etish va hayotdan rozi bo`lib yashashiga ko`maklashish muhim vazifa sifatida belgilab olingan. Shunga asosan sayyor qabul chog`ida yordam so`rab murojaat etgan 11 nafar chin etim talabalarning o`qishi uchun zarur bo`lgan 49 048 452 so`m kontrakt mablag`lari shahar hokimi tomonidan o`tkazib berildi.

Qumqo`rg`on tumanidagi Xo`jamulki mahallasida tug`ilgan Go`zal Xolmirzaeva Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetida ta`lim olmoqda. Taqdir taqozasi bilan u chin etim bo`lib qolgan. Biroq, o`qishni tugatgach, o`z mahallasidagi umumta`lim maktabida yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruxida chuqur bilimli etib tarbiyalashni maqsad qilib olgan.

—Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish yo`nalishi bo`yicha ikkinchi kursda kontrakt asosida o`qiyman,—deydi G.Xolmirzaeva.— Moddiy imkoniyatimiz etmagani uchun ikki yarim yillikning kontrakt pulini o`z vaqtida to`lay olmadim. Bugun mazkur masalada ko`mak so`ragan edim, muammo joyida echimini topdi. Shahar hokimi tomonidan o`qishim uchun 4 562 000 ming so`m pul to`lab berildi. Bunday g`amxo`rlikdan boshim osmonga etgandek bo`ldi.

Termiz shahridagi Bog`ishamol mahallasida yashaydigan Shahzod Ashurov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida texnologik mashinalar va jihozlar yo`nalishi bo`yicha ikkinchi kursda ta`lim olmoqda. U ham yillik kontrakt pulining ikkinchi yarmini to`lashmuammo bo`lib turgan edi.

—Murojaatim asosida menga ko`rsatilgan g`amxo`rlikdan suyunib, ota-onam mehrini, yolg`iz emasligimni chuqur his etdim,—deydi Sh.Ashurov.— Farzandlariga mehribon, sahovatli yurtda yashab, o`qiyotganimdan fahrlandim.
4 562 000ming so`m kontrakt pulim talim muassasamizgao`tkazib berildi. Albatta, o`qishni muvaffaqiyatli tugatgach, Vatanimga sodiq mutaxassis bo`lib, yurtimizni rivojlantirishga o`z hissamni qo`shaman. Ko`rsatilayotgan bu e`tiborlarni kelajakda halol mehnatim bilan oqlashga intilaman. Buning uchun esa yanada a`lo baholarga o`qib, tinmay izlanaman.

Sayyor qabul jarayonida tinglangan murojaatlarning 103 tasi joyida o`z echimini topdi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish bo`yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Viloyat tumanlarida ham huddi shunday sayyor qabullar yuqori saviyada o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar