Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida besh yoshli bolakay 30 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi, deb xabar qildi Newsflare nashri.
Bolakay daraxtdan meva uzayotib quduqqa tushib ketgan.
Qutqaruvchilarga xabar berilgach, ular quduqqa videokamera tushirishgan va bolakay ularning ko`rsatmalari bo`yicha harakatlangan. Bolakayni oyog`iga arqon ilib tortib olishgan.
Bolakay to`qqiz soat chuqurlikda qolib ketganiga qaramay, sog`-salomat.