Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo`yicha Osiyo chempionati bahslari davom ettiriladi.
Musobaqaning ikkinchi kunida 8 nafar bokschimiz ringga ko`tariladi. Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qo`lqop ustalari ham bor.
Bokschilarimizning bugungi raqiblari:
Kunduzgi dastur:
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)
Kechki dastur:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov – Almanbet Alibekov (Qirg`iziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva – Nxi Nguen (Vetnam)
Eslatib o`tamiz, kecha bo`lib o`tgan janglarda terma jamoamiz a`zolari Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov hamda Yodgoroy Mirzaeva ilk bosqichdan muvaffaqiyatli o`tib, keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritgan edi.