Internetdan foydalanuvchilar soni oshmoqda. Bu haqda eMarketer tadqiqotchilari ma`lumotiga asoslanib Mashable xabar berdi, deb yozadi «Parol» nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilda Er aholisining 42,4 foizi — taxminan 2,89 milliard kishi hech bo`lmaganda bir oyda bir marta internetdan foydalanadigan bo`ladi. Bu esa joriy yildagiga qaraganda 6,2 foiz o`sish hisoblanadi.
Shu bilan birga, 2018 yilga qadar dunyo aholisining yarmi, taxminan 3,6 milliard nafar kishi internetdan faol foydalanishni boshlaydi. Bunga esa arzon mobil qurilmalarning ko`payishi va rivojlanayotgan davlatlarda ham ulardan foydalanila boshlanishi sabab bo`ladi.