Navoiy kon-metallurgiya kombinati matbuot markazining ma`lum qilishicha, Navoiy shahridagi “So`g`diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi “Oltin suv” suzish markazining “Delfin” suzish havzasida sportning suzish turi bo`yicha O`zbekiston ochiq chempionati boshlandi.
Nufuzli respublika musobaqasi ochilishi marosimida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O`zbekiston suzish federasiyasi prezidenti Q.Sanaqulov so`zga chiqib, sportchi va murabbiylarga omad tiladi.

Chempionatda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 250 nafardan ortiq sportchi yigit-qizlar yakka tartibdagi va estafeta dasturlarida 200 nafarga yaqin medallar to`plamlari uchun kuch sinashadi.
Mamlakat chempionatida Navoiy viloyati sharafini kombinatga qarashli “So`g`diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi va Uchquduq shahridagi “Lochin” sport-sog`lomlashtirish majmuasi tarbiyalanuvchilari va viloyatning sara sportchilaridan iborat 40 nafar sportchilar himoya qiladi.






