AsosiyJamiyat

Prezident Islom Karimov Qozog`istonga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 24 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi, deya xabar berdi O`zA.
Uchrashuv va muzokaralar chog`ida davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko`lamli masalalarni muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

    Boshqa yangiliklar