AsosiyDunyo

Yaponiyada yangi imperator lavozimiga kirishdi

'Yaponiyada yangi imperator lavozimiga kirishdi 'ning rasmi

Yaponiyaning merosxo`r shahzodasi Naruxito mamlakat imperatori lavozimiga kirishdi, deya ma`lum qildi Day.Az nashri.

Amaldagi imperator Akixito o`z lavozimidan voz kechganidan so`ng uning o`g`li shahzoda Naruxito mamlakat imperatori deb e`lon qilindi.

Shu bilan birga, Yaponiyada yangi monarxning taxtga o`tirishi munosabati bilan Reyva (“Go`zal uyg`unlik”) erasi boshlandi.

Bundan avval esa Tokioda Akixitoga “dzyoko”, ya`ni “faxrli imperator” unvoni topshirildi.

Naruxito Tokiodagi “Gakusyuin” hamda Oksford universitetlarini tamomlagan. Uning turmush o`rtog`i 55 yoshli Masako esa Tokio universitetida tahsil olgan. Yangi imperatorning 2001 yili tavallud topgan Ayko ismli qizi bor.

    Boshqa yangiliklar