«O`ztransgaz» AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko`rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste`mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to`g`risida jamoatchilikka to`liq ma`lumot olish uchun «Telegram-bot»ni ishga tushirdi.
Buni amalga oshirish uchun Telegram messenjeriga kirib, @MIBInformerBot bo`limini tanlash kerak. So`ngra telefon raqamingizni kiriting va «gaz» qismini tanlang, shaxsiy hisob raqami bilan gaz hisoblagichdagi ko`rsatkichni yuborishing.
Telegram-bot iste`molchining so`roviga ko`ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma`lumotni taqdim etadi.
Ushbu qulaylik fuqarolarga uylaridan turib iste`mol qilingan kommunal xizmatlar haqida ma`lumotlar ega bo`lish imkonini yaratib, to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishlariga yordam beradi.
«O`ztransgaz» AJ iste`molchilarni yaratilgan «Telegram-bot»dan samarali foydalanishga va kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lashga undaydi.






