AsosiySport

Zamonaviy beshkurash bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazildi

'Zamonaviy beshkurash bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazildi'ning rasmi

27-30 aprel kunlari poytaxtimizda zamonaviy beshkurash bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi. Ushbu mamlakat birinchiligi o`zida yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan atletlarni jam qildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko`ra erkaklar o`rtasida Yuriy Galushka eng yaxshi natijani qayd etdi. Ayollar toifasida esa Arina Mirzabekovaga teng keladigani topilmadi.

Zamonaviy beshkurash bo`yicha O`zbekiston chempionati.
Erkaklar:
1. Yuriy Galushka
2. Mirsaid Sodiqov
3. Abduvoris Muhammadjonov

Ayollar:
1. Arina Mirzabekova
2. Sabina Hakimova
3. Violetta Zarali

    Boshqa yangiliklar