“Xyuston Astros” beysbol jamoasi o`yinchisi Kollin Makxyu o`zi tomon uchib kelayotgan koptokka chaqqonlik bilan chap berdi, deya ma`lum qildi Layf nashri.
Kollin, o`yin qoidalariga ko`ra, shunchaki koptokni irg`itadi, ammo raqib jamoa — “Oklend Atletiks”ning o`yinchisi to`pni shunday qattiq zarba bilan qaytaradiki, to`p naq Kollinning yuzi tomon uchi keladi.
Kollin kuchli jismoniy tayyorgarligi tufayligina koptok zarbidan qutulib qoladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Kollinning chapdastligi “Matrisa” filmidagi Neoning o`qlarga chap bergani bilan tenglashtirildi.