Sheremetevo aeroportida katta aviahalokat yuz bergani haqida xabar berilgan edi, deya xabar qildi Day.Az nashri.
Moskva-Murmansk reysini amalga oshirishga chog`langan SSJ-100 samolyoti havoga ko`tarilgandan birmuncha fursat o`tib, orqa qismi yona boshlaydi. Shundan so`ng samolyot qayta erga qo`nishga majbur bo`ladi.
Shundan so`ng uchuvchilar jamoasi to samolyotda bironta ham yo`lovchi qolmaguncha evakuasiya ishlarini amalga oshirishadi. Ulardan biri yo`lovchilarni qutqarayotib, olov ichida halok bo`ladi.
Aviahalokatning sababi sifatida chaqmoq urishi natijasida bir qancha texnik jihozlar ishdan chiqqani ko`rsatilmoqda.
Hozirda halokatda qurbon bo`lganlar soni 42 nafarga etgani ma`lum qilinmoqda.






