“Plimut Argayl” Liga-1 46-turidagi matchda “Skantorp Yunayted” 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi, deya xabar qilmoqda Eurosport.ru nashri.
“Plumut” darvozasiga gollardan birini ingliz Josh Morris kiritgan. Maydon egalarining golkiperi Mett Meysi jarohat olgach, o`ziga tibbiy yordam ko`rsatishlari uchun to`pni maydon chetiga chiqarish uchun irg`itadi.
Morris esa Meysi irg`itgan to`pni ilib olib, darvoza to`riga yo`llaydi. Darvozabon qancha harakat qilmasin, jamoasini goldan saqlab qololmadi.






