AsosiySport

​Navoiyda “Sport oyligi“ munosabati bilan badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi

'​Navoiyda “Sport oyligi“ munosabati bilan badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi'ning rasmi

Navoiyda “Sport oyligi“ hamda 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab “Yoshlar sport majmuasi”da badminton sport turi bo`yicha sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi ochiq birinchiligi musobaqasi o`tkazildi.

Ushbu musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy shahar 1-bolalar-o`smirlar sport maktabi hamda Navoiy shahar sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi jamoalari qatnashishdi.

Bahslarda jami 60 nafar sportchi-o`quvchi (32 nafari qizlar) ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko`ra, ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi 1-o`rinni, Navoiy davlat pedagogika instituti 2-o`rinni va 3-o`rinni Navoiy shahar 1-bolalar-o`smirlar sport maktabi jamoalari egallashdi.

Musobaqa g`oliblari tashkilotchilar tomonidan ta`sis etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar