AsosiySport

​"Ralli Muynoq-2019” musobaqasi g`oliblariga “Neksiya” va “Spark” avtomashinalari topshirildi

'​"Ralli Muynoq-2019” musobaqasi g`oliblariga “Neksiya” va “Spark” avtomashinalari topshirildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Mo`ynoq tumanida 420 kilometrlik masofaga o`tkazilgan ralli musobaqasi yakunlandi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamkorligida o`tkazilgan “Ralli Muynoq-2019” musobaqasi Orol dengizining qurgan tubi va Ustyurt tekisligi bo`ylab tashkil qilindi. Mo`ynoq tumanida turizmni rivojlantirish hamda sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida o`tkazilgan musobaqaning yopilish marosimi 5 may kuni o`tkazilib, g`oliblarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Joqorg`i Kengesi Raisi Musa Erniyazov taqdirladi.

Ikki toifada o`tkazilgan musobaqaning g`oliblariga “Prezident sovg`asi” sifatida “Neksiya” hamda “Spark” avtomobillari topshirildi.

“A-8” toifali, motor sig`imi 1600 sm3 gacha bo`lgan avtomobillar o`rtasida jizzaxlik Furqat Axrorqulov g`olib bo`ldi va “Spark” mashinasini qo`lga kiritdi.

“A-9” toifali, motor sig`imi 2000 sm3 gacha bo`lgan avtomobillar poygasida Andijon viloyatidan Sardor Xo`jaev g`olib bo`ldi va “Neksiya” avtomashinasiga ega chiqdi.

Ikkinchi va uchinchi o`rin egalariga mos ravishda 15 hamda 7 million so`mdan pul mukofotlari topshirildi.

“Ralli Mo`ynoq-2019” g`oliblari:

“A-8” toifali avtomobillar o`rtasida, motor sig`imi 1600 sm3 gacha

1-o`rin: Jizzax viloyatidan Furqat Axrorqulov (shturman: Asqar Hasanov), “Spark” avtomashinasi

2-o`rin: Qoraqalpog`iston Respublikasidan Timur Narziqulov (shturman: Qilichbek Narziqulov), 15 mln.so`m

3-o`rin: Andijon viloyatidan Ibrohim To`ychiev (shturman: Abdumannon Kazakov), 7 mln.so`m

“A-9” toifali avtomobillar o`rtasida, motor sig`imi 2000 sm3 gacha

1-o`rin: Andijon viloyatidan Sardor Xo`jaev (shturman: Akmal Jo`raev), “Neksiya” avtomashinasi

2-o`rin: Toshkent shahridan Jahongir Jabborov (shturman: Rauf Gasanov), 15 mln.so`m

3-o`rin: Namangan viloyatidan Alikay Xayrullaev (shturman: Rahim Shermatov), 7 mln.so`m


    Boshqa yangiliklar