Joriy yilning 24 noyabr kuni 106 ta yangi domen ro`yxatdan o`tdi va bu bilan yangi rekord o`rnatildi. Bu haqda Uzinfocom xabar bermoqda.
Tahliliy statistikada “Ro`yxatdan o`tish bo`yicha eng yaxshi kun” qayd etildi.
O`tgan safargi rekord 2008 yili o`rnatilgan bo`lib, o`shanda 81 domen ro`yxatdan o`tgan edi.
Kechagi rekord ishtirokchilarining deyarli hammasi Arsenal D kompaniyasida ro`yxatdan o`tgan.