AsosiySport

​O`smir gandbolchi qizlarimiz muddatidan avval “Trophy” kubogining Osiyo bosqichiga yo`l olishdi

'​O`smir gandbolchi qizlarimiz muddatidan avval “Trophy” kubogining Osiyo bosqichiga yo`l olishdi'ning rasmi

Shu kunlarda Mo`g`iliston poytaxti - Ulan-Batorda gandbol bo`yicha qizlar o`rtasida Xalqaro gandbol federasiyasi taqvim rejasidan o`rin olgan “Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi bo`lib o`tmoqda. Mazkur musobaqa o`smirlar va yoshlar o`rtasida tashkil etilayotgan bo`lib, bugun navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi.

Bugun maydonga chiqqan o`smirlar terma jamoamiz musobaqa mezbonlarini 37:22 hisobida mag`lub etib, muddatidan avval “Trophy” kubogining Osiyo mintaqasiga yo`l oldi. Ayni paytda qit`amizning 5 mintaqasida saralash bellashuvlari o`tmoqda. Unda dastlabki ikki o`rinni egallagan 10 jamoa qit`a bosqichida o`zaro bahs olib boradi.

Reglamentga ko`ra, bugun yoshlar jamoamiz dam oldi. Ertaga ularni Turkmaniston yoshlariga qarshi bahs kutib turibdi. Ta`kidlash joiz, mazkur bellashuv mintaqa g`olibini aniqlab beradi.

    Boshqa yangiliklar