"Real" Madrid kecha "Real Sosedad"ga (3:1) imkoniyatni boy bergach mavsumni ikkinchi o`rinda yakunlash imkoniyatini yo`qotdi.
Shu tariqa “qirollik klubi” qatorasiga ikkinchi mavsum ham chempionatni ikkinchi o`rindan pastda, ya`ni uchinchi o`rinda yakunlaydigan bo`ldi. E`tiborlisi, bunday holat so`nggi bor 1972/73 va 1973/74 yillarda qayd etilgan edi. O`shanda madridliklar mavsumni 4- va 8-o`rinda yakunlashgandi.