1

​Sirtqi ta`limga qabul qilish tartibi belgilandi

Jamiyat 13.05.2019, 11:46
​Sirtqi ta`limga qabul qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan oliy ta`lim masalalariga bag`ishlangan «Qonunchilikdagi yangiliklar» brifingi va matbuot anjumanida o`tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Unda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim sohasi mutaxassislari kiritilgan qo`shimchalar bilan sirtqi ta`lim shakliga o`qishga qabul qilish tartibi belgilanganligini ham ma`lum qilishgan. Demak unga ko`ra:

-sirtqi ta`limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi;

-kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan o`tkaziladi;

-yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to`planishi kerak bo`lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o`rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko`p ballning 0 dan 100 foizgacha bo`lgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta`lim muassasasining rasmiy saytida e`lon qilinadi.

Shuningdek, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

«Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo`yicha sinov;

O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo`yicha sinov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1