AsosiySport

​Paradzyudochilarimiz Boku Gran-prisini umumjamoa hisobida birinchi o`rinda yakunlashdi

'​Paradzyudochilarimiz Boku Gran-prisini umumjamoa hisobida birinchi o`rinda yakunlashdi'ning rasmi

Ozarbayjonning Boku shahrida paradzyudo bo`yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa o`z yakuniga etdi. Turnirning ikkinchi kun dasturida og`ir vaznli sportchilar bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, ushbu kun dasturida tatamiga chiqqan dzyudochilarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo`lga kiritdilar. Yigitlarimizdan eng og`ir vaznda Shirin Sharipov (+100 kg) hamda qizlarimizdan Nafisa Sheripbaeva (-63 kg) barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, Vasila Aliboeva (-70 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda ustun kelib, terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi.

Shu tariqa musobaqada 4 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. Ta`kidlash joiz, mazkur musobaqa orqali vakillarimiz Tokio Paralimpiya o`yinlari uchun ham yirik reyting ochkolarini jamg`arishga muvaffaq bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar