Namangan viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Uychi tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida tumandagi mahallalardan birida istiqomat qiluvchi fuqaro S.I.ning qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlaydigan ombori xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.
Natijada, ushbu omborda xorijda etishtirilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan qariyb 115 million so`mlik 2867 kilogramm pista mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.