Misrning EgyptSat-A sun`iy yo`ldoshi tarixda ilk bor Er sayyorasining sirtini 4K formatida yuqori aniqlikda suratga olishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi Trend nashri.
Tizim olingan tasvirlarni qayta ishlovchi 6 ta videokameradan iborat. Taqdim etilgan videoda O`rtaer dengizi va Qizil dengizni yuqoridan olingan tasvirini ultra yuqori aniqlikda ko`rish mumkin.
Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, EgyptSat-A Rossiyaning “Energiya” kompaniyasi tomonidan Misr uchun ishlab chiqilgan.