AsosiyHi-tech

Stiv Jobsga qo`yilgan haykal auksionda sotiladi va xorijga olib ketiladi

Sankt-Peterburgda namoyish etilgan Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsga o`rnatilgan haykal auksionda sotiladi. Faqta birgina shart bilan, ya`ni xaridor uni xorijga olib chiqib ketishi kerak.

"Bunga nisbatan jamiyatning munosabatini ko`rdik va shunday qarorga keldik. Auksionning boshlang`ich bahosi 5 million rubl. Auksionda qatnashishning sharti shuki, uni sotib olgan odam, albatta, xorijga olib chiqib ketishi zarur, - deya xabar bermoqda “Sharqiy-evropa moliya ittifoqi” kompaniyasi rahbari Maksim Dolgopolov  TASSga. Aynan u haykalga asos solgan edi.

Haykal sotishilidan kelib tushgan pulni rossiyalik innovasion texnologiyalar bo`yicha ishlovchi yoshlarga berish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar