1

O`zbekiston ayollari qanchalik faol

Jamiyat 02.12.2014, 08:47
O`zbekiston ayollari qanchalik faol

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan “O`zbekiston ayollari – 2014: ijtimoiy mavqe va kayfiyat” mavzusida so`rov o`tkazildi, deya xabar bermoqda uz24.uz nashri.

So`rovda ishtirok etganlarning 92 foizidan ortig`i o`zi va oilasi davlatimiz tomonidan ijtimoiy va moddiy qo`llab-quvvatlanayotganini bildirgan.

So`rov natijasida xotin-qizlarning sosial va ijtimoiy-siyosiy faolligi yuqori ekani ma`lum bo`ldi. 91,3 foiz ishtirokchi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini ijobiy baholadi. Ularning fikricha, hududiy boshqaruv organlari, fuqarolar yig`inlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarning fikricha, zamonaviy ayol o`qimishli, jumladan, oliy ma`lumotli bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu xotin-qizlarimiz mavqeining yanada yuksalishi, turli davlat idoralarida ishlashi uchun asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy so`rov ishtirokchilarining yarmidan ko`pi o`z yo`lini to`g`ri tanlagani va bu bilan faxrlanishini bildirdi. Xotin-qizlar kasb tanlashda erkaklar bilan teng imkoniyatga ega. Ularning aksariyati mehnat sohasida o`zini to`liq huquqiy himoyalangan, deb biladi va asosiy ish joyida yaratilgan mehnat sharoitlaridan mamnun.

Tadqiqot natijalari O`zbekistonning zamonaviy xotin-qizlari ma`lumotli, o`z kasbi va ish joyiga ega, mamlakat va jamiyat hayotida bevosita ishtirok etayotgan ijtimoiy faol shaxs ekanini ko`rsatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1