AsosiyJamiyat

Aholi yashamaydigan binolar buzilganligi uchun to`lov miqdori tasdiqlandi

Toshkent shahar hokimi tomonidan “Buzilishga tushgan yashash uchun belgilanmagan bin...

Toshkent shahar hokimi tomonidan “Buzilishga tushgan yashash uchun belgilanmagan binolar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning zararini qoplash to`g`risidagi Yo`riqnoma” tasdiqlandi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Odamlar yashamaydigan binolar poytaxtimizda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish, transport infrastrukturasini rivojlantirish munosabati bilan Toshkent shahar hokimining qaroriga ko`ra buzilishi mumkin, deya yozmoqda Norma.uz.

Toshkent shahar hokimligi buziladigan binolar o`rniga shunga o`xshash odam yashamaydigan binolarni yoki er maydonlarini taklif qilmoqda. Agar mulkdor taklif qilingan bino yoki er maydonini qabul qiladigan bo`lsa, Toshkent shahar hokimi tomonidan bu erni yoki binoni unga ajratish to`g`risida tegishli qaror chiqariladi.

Tuman komissiyalari tomonidan Toshkent shahar hokimligiga aholi yashash uylari, boshqa qurilishlarning o`rnini qoplash maqsadida mablag` to`lash bo`yicha taklif kiritishlari mumkin. Bu jarayonda to`lov mahalliy byudjetning chorak yakunlariga ko`ra kelib tushgan daromad qismidan to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar