Qishloq xo`jaligi sohasida Isroil bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Iqtisodiyot 01.06.2019, 14:28
Qishloq xo`jaligi sohasida Isroil bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 29 may kuni O`zbekiston Respublikasi Qishloq ho`jaligi vazirligida Isroil Qishloq xo`jaligi va agrar tarraqqiyot vazirligi bosh direktori o`rinbosari Mixal Levi boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Muloqot chog`ida Mixal Levi O`zbekistondagi barqaror iqtisodiy muhit qishloq xo`jaligi sohasini yanada taraqqiy ettirishga zamin yaratishini ta`kidladi. Soha rivojiga xizmat qiluvchi zamonaviy mexanizmlarni joriy etish va mamlakatimiz qishloq xo`jaligining istiqboli yo`lida ilg`or texnologiyalarni keng tatbiq etishga qaratilgan sa`y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini qayd etdi.

O`z navbatida, Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev bu borada erishilgan kelishuvlar alohida ahamiyat kasb etishi, mazkur uchrashuv hamkorlikning muhim yo`nalishlarini belgilab olish, sohaga oid ma`lumotlar almashish imkonini berishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda isroillik ishbilarmonlarga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va imtiyozlar haqida ma`lumot berildi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so`z yuritildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar ikkala mamlakatning qishloq xo`jaligi sohasidagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini ta`kidladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1