AsosiyHi-tech

O`zbekistonda xususiy tadbirkorlarga uyali operatorlar SIM-kartalarini sotish taqiqlandi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatiga o`zgartirish kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, xususiy tadbirkorlar operatorlar va telekommunikasiyalar provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko`rsatishda salohiyatli abonentlarni izlash, abonentlar yoki xizmat ko`rsatuvchilar bilan abonentlik shartnomalarini tuzish bilan shug`ullana olmaydi.

Biroq ular abonentlar yoki xizmat ko`rsatuvchilarga ma`lumot-axborot xizmati ko`rsatish, xizmat ko`rsatuvchilarning xizmati uchun to`lovlarni qabul qilish huquqini saqlab qoldi.

manba: daryo.uz

    Boshqa yangiliklar