Bugun - 2019 yil 9 iyun kuni Qozog`iston Respublikasida Prezident saylovi bo`lib o`tmoqda.
Nursulton vaqti bilan bilan 7.00. da boshlangan saylov jarayoni ayni paytda qizg`in pallaga kirdi. Barcha uchastkalar saylovchilar bilan gavjum.
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim urin tutuvchi, qolaversa, nafaqat saylov jarayoni, balki natijasidan qozoq xalqi uziga xos yangilik kutayotgan bu galgi saylovni nafaqat qozog`istonliklar, balki butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
Zamonaviy va betakror Nursulton shahri kabi mamlakatning barcha hududlari saylov kayfiyatida.
Erta tongdan poytaxtdagi bir necha saylov uchastkalarida bo`ldik. Ularning barchasida saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Fuqarolar yashirin ovoz berishi uchun alohida kabinalar jihozlangan. Saylov byulletenlari tashlanadigan kutilar shaffof, ya`ni shishadan ishlangan va muhrlangan.
Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma`lumotlar saylov uchastkalaridan urin olgan.
Ma`lum qilishlaricha, saylov uchastkalariga kela olmaydigan fuqarolar uchun xam sharoitlar yaratilgan. Saylov komissiyalari a`zolari ularning uylariga borib ovoz berishini ta`minlaydi.
Eslatib utamiz, Qozog`istonda muddatidan oldin o`tkazilayotgan bu galgi saylovda Prezidentlik uchun etti nafar nomzod kurash olib bormoqda.
Bular amaldagi prezident, “Nur-Otan” partiyasidan Qosim-Jomart Toqaev, “Ұl dala qrandar” respublika jamoat birlashmasidan Sadibek Tugel, kasaba uyushmalari Federasiyasidan Amangeldi Taspixov, “Aq jol” partiyasidan Daniya Espaeva, “Auil” partiyasidan Toleutay Rahimbekov, Qozog`iston Kommunistik xalq partiyasidan Jambil Axmetbekov va “Ұlt tag`dr” birlashgan milliy-vatanparvar harakatidan Amirjan Kosanov.
Saylov demokratik tarzda utishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.
Saylov jarayonini xorijiy va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari bevosita kuzatib bormoqda.