1

UMS abonentlari to`lovlarni PAYNET orqali amalga oshirishi mumkin

Hi-tech 03.12.2014, 16:43
UMS abonentlari to`lovlarni PAYNET orqali amalga oshirishi mumkin

“Paynet.uz” kompaniyasi 1 dekabrdan boshlab UMS mobil aloqa xizmatlari uchun to`lovlarni qabul qilishini e`lon qildi, deya xabar bermoqda anhor.uz.

«UMS abonentlari to`lovlarni qabul qiluvchi istalgan PAYNET punktida o`z hisoblarini to`ldirish imkoniga ega. Mijoz o`z hisobini to`ldirishi uchun to`lovlarni qabul qilish punktiga murojaat qiladi va operatorga o`z telefon raqamini ma`lum qilib, to`lovni amalga oshiradi», - deya xabar beradi kompaniya.
Demak, mazkur kompaniya xizmatlari bilan birga ushbu xizmatlar to`lovi ham to`liq yo`lga qo`yildi. Eslatib o`tamiz, aloqa xizmatlari uchun to`lovlarni qabul qilishda komissiya talab etilmaydi, hisobga to`langan summaning hammasi tushishi kerak.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1