Bojxona organlari tomonidan xalqaro aeroportlarimizda joriy etilgan “qizil” va “yashil” yo`laklar fuqarolarning qimmatli vaqtlarinitejash va ularga sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Ammo ba`zi shaxslar mazkur imkoniyatdan o`zlarining noqonuniy maqsadlari yo`lida foydalanishlari, bojxona xodimining ko`zini shamg`alat qilishga urinishlari esa, achinarli holdir.
Yaqinda ham Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy reys orqali harakatlanish chog`ida mamlakatimizga yashirincha qimmatbaho taqinchoqlarni olib kirishga uringan shaxs to`xtatib qolindi.
Fuqaro H.Q“yashil” yo`lak orqali harakatlanish chog`ida bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada esa,u o`zi bilan umumiy qiymati 8 167 800 so`mlik, jami 408,39 grammzargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan yashirincha olib o`tishga uringanligi o`z tasdig`ini topdi.
Hozirda, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.