AsosiyJamiyat

Markaziy harbiy okrug qo`mondoni Prezident bataloni harbiy xizmatchilarining yuz nafarini rag`batlantirdi(Foto)

'Markaziy harbiy okrug qo`mondoni Prezident bataloni  harbiy xizmatchilarining yuz nafarini rag`batlantirdi(Foto)'ning rasmi

3 iyul kuni Samarqand shahridagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan batalon taktik guruhi shaxsiy tarkibini pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg`alar bilan rag`batlantirdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab Mudofaa vazirligi miqyosida videoselektor tarzida o`tgan yig`ilishda iyun oyi yakuni bo`yicha okruglar ichida namuna sifatida Markaziy harbiy okrug ko`rsatildi. "Harbiy okrug mazkur yutuqqa erishishida oddiy askarning ham alohida roli bor", – deya ta`kidladi Qo`mondon tantanali marosimda. – "Shu bois, an`anaga aylangan bu kabi tadbirlarda Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofiserdan tortib, oddiy askarlargacha e`tibordan chetda qolmaydi".

- Jazirama issiq yoki qahraton sovuqdami dala o`quv mashg`ulotlarida qatnashaman. Faollikni biror daqiqa qo`ldan boy bermayman. Menga dalda berib turadigan kuch, bu - ota-onamni duosi, safdoshlarimning qo`llab turishi, komandirlarimning g`amxo`rligidir. Eng asosiysi Prezidentim batal`onida xizmat qilayotganim. Mana, bugun Qo`mondondan pul mukofoti olar ekanman, qo`limni siqib, "ota-onangga rahmat, barakalla!", degan gapi meni ruhlantirdi, bir oddiy askar uchun bu katta sharaf, – deydi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar A. Tursunov.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan turli mutaxassislik vakillari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hissa qo`shayotgan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, keksa avlod vakillari ham munosib taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar