BMT Janubi-Sharqiy Osiyoda jinoiy guruhlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan narkotik moddalar miqdori ortib borayotganini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Tashkilot hisobotiga ko`ra, mintaqadagi narkotik moddalar bozorining hajmi 60 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etadi. Birgina Taylandning o`zida 2017–2018 yillar davomida qo`shni Myanmada ishlab chiqarilgan metamfetaminning 50 foizi musodara qilingan. Biroq bu holat Taylandda narkotiklar narxlariga mutlaqo ta`sir etmagan. Narxlar hamon 20 yil avvalgi ko`rsatkichlarda saqlanib turibdi.
Giyohvand moddalar bozori kengayishda davom etmoqda, sababi ishlab chiqarish hajmi juda yuqori. Gonkong, Makao, Tayvan va Taylanddan bo`lgan jinoiy to`dalar sanoat miqyosida Myanmada metamfetamin ishlab chiqarishmoqda. Shundan so`ng tayyor mahsulotni butun mintaqa bo`ylab, jumladan, Yaponiya va Yangi Zelandiyaga ham eksport qilishmoqda.