AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligining «Forish» poligoni bo`ylab tungi sayohat (Foto)

'O`zbekiston Mudofaa vazirligining «Forish» poligoni bo`ylab tungi sayohat (Foto)'ning rasmi

Bu yil O`zbekiston birinchi marotaba o`z hududida butun jahon bo`ylab ommalashib borayotgan Xalqaro armiya o`yinlarini o`tkazishga hozirlik ko`rayapti.


Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” tog` poligoni “ArMI-2019” doirasida o`tkaziladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi ishtirokchilarini kutib olmoqda.

Xalqaro musobaqani o`tkazish uchun yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlardan tashqari poligonda O`zbekistonning barcha viloyatlari diqqatga sazovor ko`rgazmalari bilan yig`ilgan.

12 ta viloyat, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahri mamlakatimiz mehmonlariga milliy an`ana va udumlari, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy meroslarimizni namoyish qilmoqda. Shuningdek, mehmonlar bu erda milliy suvenir buyumlarini xarid qilishi uchun ham imkoniyat mavjud.

Har oqshom O`zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan musobaqa qatnashchilari uchun mahalliy va harbiy estrada guruhlari ishtirokida konsert dasturlari uyushtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, V Xalqaro armiya o`yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining ochilish marosimi 4 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Boshqa yangiliklar