AsosiyDunyo

Hindistonda suv toshqinidan halok bo`lganlar soni ortib bormoqda (Video)

'Hindistonda suv toshqinidan halok bo`lganlar soni ortib bormoqda (Video)'ning rasmi

Hindisonda kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo`lganlar soni 150 nafar kishiga borib etdi. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar berdi.

Joriy yilgi toshqinlar so`nggi yillardagi eng kuchli tabiiy ofat sifatida e`tirof etilmoqda. Mamlakatning Kerala, Karnataka va Maxarashtra shtatlarida kuchli toshqinlar va ko`chkilar sabab minglab odamlar o`z uy-joylarini tashlab chiqishga majbur bo`lishdi. Ushbu hududlarda hamon evakuasiya ishlari davom etmoqda. Biroq ayrim hududlarda esayotgan kuchli shamol qutqaruv ishlarini olib borishga xalaqit bermoqda.

Ayniqsa Kerala shtatidagi vaziyat keskinligi aytilmoqda. So`nggi ikki kun mobaynida bu erda 80 dan ortiq ko`chkilar ro`y berdi. Noqulay ob- havo sharoiti tufayli bir qancha okruglarda xavfning eng yuqori qizil darajasi hamon saqlanib turibdi. Kochin xalqaro aeroporti dam olish kunlari ishlamadi. Maxarashtra shtatining bir qator hududlarida poezdlar qatnovi to`xtatib qo`yilgan. Mutasaddilarning fikricha poezdlar harakati faqatgina ikki haftadan so`ng tiklanishi mumkin.


Boshqa yangiliklar