Hamyurtlarimiz, Mustaqillik kuni bayramida to`rt kun dam oladi...
Haftada besh kun ishlaydiganlar ta`tilni 31 avgustdan boshlaydi va bu 3 sentyabrgacha davom etadi. Haftada olti kun ishlaydiganlar uchun esa dam olish kunlari 1 sentyabrdan 3 sentyabrgacha davom etadi.
Shuningdek, 2 sentyabr dushanba qo`shimcha dam olish kuni sifatida ko`rsatilgan. 3 sentyabr chorshanba kungi ish kuni esa 7 sentyabr shanba kunga ko`chirilgan.
Eslatib o`tamiz, bu davlat rahbarining “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida” farmonida belgilangan.