AsosiyMadaniyat

Madaniy meros haftaligida 60 ta davlatdan kelgan olimlar, noshirlar va jurnalistlar ishtirok etmoqda

'Madaniy meros haftaligida 60 ta davlatdan kelgan olimlar, noshirlar va jurnalistlar ishtirok etmoqda'ning rasmi

Yoshlar ijod saroyida “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi ochilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Anjumanida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. U o`z so`zida Haftalikka tayyorgarlik jarayonlarini Prezident Shavkat Mirziyoev shaxsan nazorat qilib borayotganini ta`kidladi.

«Oldimizda turgan Madaniy meros haftaligini nafaqat markaziy Osiyo, balki butun Evrosiyo kontinenti uchun unutilmas voqea deya e`tirof eta olamiz», — dedi Aziz Abduhakimov. – Har bir tadbirning asosiy tarkibiy qismi unga tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan ahamiyatli. Bu esa dunyoga mashhur olimlar, ekspertlar, O`zbekiston va uning madaniy boyliklariga befarq bo`lmagan insonlardir.

Mazkur fikrni O`zbekiston madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Aqilova ham tasdiqladi. U o`z so`zida boshlanayotgan Madaniy meros haftaligi jahon ilm-fani ravnaqiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Zero ilm va fan faqatgina bir mamlakat doirasida rivojlanmaydi.

«Bizning asosiy vazifamiz mamlakatimizning boy merosini o`rganish va kelgusi avlodlarga etkazib berishdir», – dedi K. Aqilova, – “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar” madaniy meros haftaligi bu borada o`z vazifasini to`liq ado etmoqda. Haftalikning tashkilotchilari madaniy meros masalasiga turli nuqtai nazardan yondashdilar. Jumladan loyiha doirasidagi ishlar ilmiy, ko`rgazmali, noshirlik va sayohatlarga asoslanib amalga oshirildi. Bu faoliyatga, albatta chet ellik olimlar ham katta hissa qo`shmoqdalar. Ular O`zbekiston madaniy merosini shakllantirish asoslarini yaratishga yordam berishmoqda.

Madaniy meros haftaligiga doir fakt va raqamlar borasida yanada batafsil ma`lumotlarni “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`rplamlarida” loyihasi muallifi, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib qilish jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov havola etdi.

Uning ta`kidlashicha tadbirda 60 ta mamlakat Fanlar akademiyalarining 3 nafar Prezidenti, 3 nafar nashriyot direktorlari, 3 nafar fond direktori, 35 nafar turli kutubxona va muzeylar rahbarlari, 250 nafar tadqiqotchi-olimlar, 200 nafar professorlar, 12 nafar akademiklar, shuningdek ICOMOS i YuNESKO xalqaro tashkilotlarining 25 nafar vakili, 60 xorijiy va 70 mahalliy OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Manzura BEKJONOVA

    Boshqa yangiliklar