1

Samarqandda xalqaro konferensiya muhokamalari uch yo`nalishda davom etmoqda

Madaniyat 26.08.2019, 12:26
Samarqandda xalqaro konferensiya muhokamalari uch yo`nalishda davom etmoqda

Samarqandda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, O`zbekiston ilm-fan tarixida ilk marta “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasi o`z ishini boshlagan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiya qatnashchilarining muhokamalari uch yo`nalish bo`yicha seksiyalarda davom etmoqda.

Dunyo miqyosida o`z nomiga ega bo`lgan misli ko`rilmagan miqdordagi olimlar ishtirokida o`tayotgan muhokamalar mavzusi esa juda katta ahamiyatga ega. Ya`ni “Zamonaviy madaniyat qadriyatlari tizimida moddiy va nomoddiy meros: tadqiqotlar va tiklash amaliyoti”; “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlashning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”; “Madaniy merosni saqlashga xizmat qiluvchi axborot texnologiyalari” ana shular jumlasidan.

Dunyo olimlar mazkur mavzularda fikr almashish asnosida O`zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrash va kelajak avlodga etkazish borasida jahon amaliyotlariga ham murojaat qilish maqsadga muvofiqligini ta`kidlashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1