AsosiyJamiyat

“O`zbekiston” noshirlari “MediaUz – futbol haftaligi” muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda (Foto)

'“O`zbekiston” noshirlari “MediaUz – futbol haftaligi” muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda (Foto) 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda OAV va matbaa korxonalari xodimlari uchun tashkil etilgan “MediaUz – futbol haftaligi” davom etmoqda.

Turnirda, ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Futbol haftaligining ikkinchi, ya`ni 25 avgust kuni “Vatanparvar” gazetasi jamoasiga qarshi kechgan o`yinda “O`zbekiston” NMIU jamoasi 4:1 hisobida g`alabani qo`lga kiritdi.

Shu kunning o`zida ikkinchi match, ya`ni “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi bilan bo`lib o`tgan o`yinda 0:0 hisobi qayd etilib, “O`zbekiston” noshirlari 7 ochko bilan keyingi turga chiptani qo`lga kiritishdi.

26 avgust kuni esa “O`zbekiston” NMIU futbolchi-noshirlari “Yoshlar ittifoqi” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobidagi g`alaba bilan chorak finalga yo`l olishdi.

Ertaga, 27 avgust kuni soat 19:00 da “O`zbekiston” noshirlari “Sport” telekanali jamoasiga qarshi yashil maydonga tushishadi.

Eslatib o`tamiz “MediaUz – futbol haftaligi” 29 avgustga qadar davom etadi.

“O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

Matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar