O`zbekiston Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi qarori bilan, O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari 2018 yil 1 yanvarga qadar to`lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash uchun tushadigan mablag`lardan olinuvchi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarni to`lashdan ozod etiladi.
Ushbu mablag`lar oliy o`quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o`quv jarayonini zamonaviy ta`lim vositalari bilan ta`minlash hamda oliy o`quv yurtlari xodimlarini moddiy rag`batlantirishga yo`naltiriladi, deya xabar beradi uz24.uz nashri Norma ma`lumotlariga tayanib.





