70 million so`m to`lagan alimentchi otaning xorijga chiqish huquqi tiklandi

Jinoyat 11.09.2019, 13:10
70 million so`m to`lagan alimentchi otaning  xorijga chiqish huquqi tiklandi

Fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudining 02.05.2018 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Yu.T.dan undiruvchi T.T. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun to u voyaga etgunga qadar har oydagi ish haqiva boshqa daromadining to`rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Yakkasaroy tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro hujjati bo`yicha ijro ishi qo`zg`atilib, taraflarga yuborilgan. Shundan so`ng ota o`zi va yaqin qarindoshlari tomonidan aliment pullarini o`z vaqtida to`lab kelgan.

Shu bilan birga davlat ijrochisining qaroriga asosan, Yu.T.ning O`zbekistondan chiqish huquqi cheklangan. Qarzdor Majburiy ijro byurosigaxorijga chiqish huquqini tiklash uchun murojaat qildi. Buning evaziga farzandi ta`minoti uchun to`lovga tayyorligini bildirdi.

Shundan so`ng alimentchi ota O`zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini qayta tiklash maqsadida, farzandi 18 yoshga to`lgunga qadar hisoblangan01.02.2026 yilga qadar jami 70 million 264 ming so`m aliment pullarini oldindan to`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1