1

Ikki uyga ham soliq imtiyozidan foydalanish mumkinmi?

Iqtisodiyot 11.09.2019, 19:18
Ikki uyga ham soliq imtiyozidan foydalanish mumkinmi?

Savol: O`zim tumanda yashayman. Bundan tashqari, Andijon shahrida ham uyim bor. Eshitishim bo`yicha, Chernobil AESda avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlar soliqdan imtiyozga ega ekan. Ikkala uyimga shu imtiyozdan foydalanishim mumkinmi?

Javob: To`g`ri, Chernobil AESda avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlarga imtiyoz belgilangan. Faqat er solig`i bo`yicha. Soliq kodeksining 290-moddasida bu ro`yxat keltirib o`tilgan. Shuni alohida qayt etish kerakki, mol-mulk solig`i bo`yicha ularga imtiyoz tatbiq etilmaydi. Shunga asosan, siz faqat er solig`i imtiyozidan foydalanishingiz mumkin. U mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir uchastkaga taalluqli bo`ladi.

Savol: Shaharlarda joylashgan uylarning mol-mulk solig`i umumiy maydoniga ko`ra hisoblanarkan. Masalan, mening uy-joyim 800 kvadrat metrdan ortiq. Unga qancha miqdorda mol-mulk solig`i to`layman?

Javob: Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo`lgan uy-joylar va kvartiralar uchun 0,35% stavkada mol-mulk solig`i hisoblanadi.

Savol: Ochig`ini aytish kerak, haligacha uy-joyimning kadastr hujjatlarini tayyorlay olmadim. Kadastr qiymat mavjud bo`lmaganligi uchun mol-mulk solig`i qanday tarzda hisob-kitob qilinadi?

Javob: Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholovchi organlar belgilagan kadastr qiymati bo`lmasa, soliq undirish uchun viloyat markazlarida 210 milllion so`m, boshqa hududlarda 90 milllion so`m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Savollarga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati javob berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1