1

Import avtomobillar boji ikki baravarga arzonlashtirilishi ko`zda tutilmoqda

Iqtisodiyot 13.09.2019, 16:01
Import avtomobillar boji ikki baravarga arzonlashtirilishi ko`zda tutilmoqda

O`zbekistonga import qilinayotgan avtomobillarning davlat boji — «rastamojka» stavkalarini ikki baravarga pasaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O`zavtosanoat» vakili Rustam Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» sosial-demokratik partiyasi fraksiyasining transport vositalari uchun utilizasiya yig`imi joriy etishni ko`zda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishida ma`lum qilgan.

Qodirovning so`zlariga ko`ra, utilizasiya to`lovlarining joriy qilinishi narxlar oshishiga olib kelmaydi.

Bu yig`imni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizasiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali o`z bo`yniga oladi.
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilmoqda. Jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan bo`lib, unga ko`ra mamlakatimizga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan ko`rinib turibdiki, utilizasiya yig`imini joriy etish o`zimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday ta`sir qilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1