Namanganda xalqaro tibbiyot va farmasevtika forumida 22 ta investisiyaviy shartnoma imzolandi

Iqtisodiyot 15.09.2019, 21:49
Namanganda xalqaro tibbiyot va farmasevtika forumida 22 ta investisiyaviy shartnoma imzolandi

Namangan shahrida 13-14 sentyabr kunlari «XXI asrda tibbiyot va farmasevtikaning rivojlanishida investisiya va innovasiyaning roli» mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmasevtika forumi o`tkazildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, ushbu forumda Avstriya, Germaniya, Isroil, Misr, Pokiston, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Hindiston va Xitoyning etakchi kompaniyalari bilan umumiy qiymati 92,7 mln. dollarlik 22ta muhim kelishuv bitimlari imzolangan.

Mazkur bitimlarga ko`ra, «Kosonsoy farm» erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi «Spring farmasevtik» MChJ hamda Misr Arab Respublikasining «Pharco pharmaceuticals corporation» kompaniyasi hamkorligida 30 mln. dollarlik farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Shuningdek, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi hamda Avstriyaning «AME International GmbH» kompaniyasi o`rtasida 10 mln. dollarlik kardiologiya markazini barpo etish, «Merrimed Farm» MChJ korxonasi bilan Germaniyaning «Textima Export Import GmBH» kompaniyasi o`rtasida 30 mln. dollarlik ko`p tarmoqli zamonaviy tibbiy markaz tashkil etish bo`yicha kelishuvlar ham tuzilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1