1

1 oktyabrdan avtomobil sotib olishda yo`l jamg`armasiga o`tkaziladigan to`lovda o`zgarish yuz beradi

Iqtisodiyot 16.09.2019, 13:50
1 oktyabrdan avtomobil sotib olishda yo`l jamg`armasiga o`tkaziladigan to`lovda o`zgarish yuz beradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, 2019 yilning 1 oktyabridan e`tiboran O`zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo`l jamg`armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yig`im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to`lanishi belgilangan.

UzAuto Motors xabariga ko`ra, mazkur o`zgarish, o`z navbatida, xaridorlar uchun qo`shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda, xaridorlar avval Respublika yo`l jamg`armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to`lovni avtomobil xarid qilayotgan chog`ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo`ladi.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo`shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz túlov avtomobilni qabul qilib olish chog`ida dilerlik korxonasiga to`lanishi kerak bo`ladi. Shu bilan xaridorlardan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida to`lanadigan Respublika yo`l jamg`armasiga amalga oshiriladigan 3% majburiy yig`im olinmasligi ma`lum qilingan.

UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e`tiboran QQS to`lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-xarajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa`y-harakatlar amalga oshirilgani hamda avtomobil narxlari Respublika yo`l jamg`armasiga amalga oshiriladigan mazkur to`lovni inobatga olmaganda o`zgarishsiz qoldirilgani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1