1

Sudlarda yagona elektron to`lov tizimi joriy etildi

Iqtisodiyot 17.09.2019, 13:04
Sudlarda yagona elektron to`lov tizimi joriy etildi

Jinoyat va fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda, ma`muriy va iqtisodiy sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to`lovlarni, shu jumladan, davlat bojini hisobga olish va to`lashning yagona elektron tizimini joriy etildi. Bu haqda O`zbekiston Oliy sudi Axborot-kommunikasiya texngologiyalari va axborot xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi boshlig`i Bahrom Ochilovga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Yangi tizim davlat rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi «Jahon banki va xalqaro moliya korporasiyasining ‘Biznes yuritish’ yillik hisobotida O`zbekiston reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida joriy etildi.

Endilikda sudga murojaat qilganlik uchun to`lovlarni amalga oshirishda bank hisobraqamlari qo`lda to`ldirilmaydi, aksincha, avtomatik ravishda tayyor holga keltirilgan to`lov hujjati asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan to`lovlar uchun banklar tomonidan to`lov amalga oshirilganligi haqida alohida tasdiq talab etilmaydi. To`lovlar istalgan usulda elektron to`lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga asosan undirilishi belgilangan to`lovlar ham mazkur tizim orqali amalga oshiriladi.

Qarzdor sud to`lovini maxsus to`lov kvitansiyasi orqali amalga oshirgan taqdirda to`lov to`langanligini tasdiqlovchi ma`lumotnomani sudga taqdim etishi talab qilinmaydi.

Endilikda sudlarda to`lovlar Oliy sudning yagona elektron to`lov tizimi orqali shakllantiriladigan maxsus to`lov kvitansiyalari asosida amalga oshiriladi. Buning uchun Oliy sudning www.sud.uz rasmiy veb-saytining bosh sahifasida joylashtirilgan «Elektron to`lov tizimi» rukniga o`tiladi. Ushbu sahifadan maxsus to`lov kvitansiyasini olish uchun «Yangi kvitansiya yaratish» tugmasi tanlanadi.

Shundan so`ng tegishli ma`lumotlar to`ldiriladi va «To`lovga buyurtma berish» tugmasi orqali to`lov kvitansiyasi avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Shakllantirilgan to`lov kvitansiyasi PDF formatida yuklab olinadi hamda chop etiladi. Shu erning o`zida amalga oshirilgan to`lov holatini ham tekshirib ko`rish mumkin.

Sudlarga to`lovlarni «Elektron to`lov tizimi»da shakllantirilgan to`lov kvitansiyasida ko`rsatilgan maxsus kod yoki raqamlarni kiritish orqali Click va Payme elektron mobil to`lov tizimlaridan foydalangan holda ham amalga oshirish mumkin.

«Mazkur tizim fuqarolar hamda tadbirkorlarga sudga murojaat qilishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan to`lovlarning tezkorligi va aniqligini ta`minlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1