1

Mintaqaviy eksportni oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Iqtisodiyot 17.09.2019, 15:17
Mintaqaviy eksportni oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Mintaqaviy eksportni oshirishni ta`minlashga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Boshqalar qatorida quyidagilar rejalashtirilmoqda:

• moliyaviy ko`mak – kreditlash mexanizmlarini jadallashtirish (buyurtmalar kelib tushgan paytdan boshlab 2 hafta mobaynida kreditlarni berish), kafolatni operativ rasmiylashtirish va uning summasini 4 mlrd so`mdan 8 mlrd so`mga oshirish (24.05.2019 yildagi PQ-4337-son qarorga qarang), eksport qiluvchilar tomonidan fermer va dehqon xo`jaliklaridan mahsulotlar sotib olinganda soliq solish tizimini takomillashtirish;
• xalqaro sifat sertifikatlarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish (Global G.A.P., Organic, Halal va boshqalar), Evropa Ittifoqi, XXR, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar bozoriga chiqish uchun standartlarni uyg`unlashtirish, Rosselxoznadzor bilan o`tkazish punktlarini keyinchalik «yashil yo`lak» rejimiga kiritish bilan muzokaralar olib borish;
• eksportga yo`naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, Qoraqalpog`iston eksport salohiyatini rivojlantirish, ferula etishtirish va eksport qilishga kvotalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
• mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish uchun transport va chegaraviy infratuzilmani rivojlantirish va boshqalar.

Investisiya va tashqi savdo vazirligi rahbarligida Mintaqalar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo`yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi tashkil etildi. Unga joriy yildagi eksportga oid prognoz parametrlarining bajarilishini va kelgusi yilga prognoz shakllantirilishini monitoring qilish vazifasi topshirildi. Komissiya eksport salohiyatining o`sishiga to`sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi, ularni hal etish yo`llarini taklif qiladi va amaliy takliflar kiritadi.

Hujjat 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1